Orqaga

Ekologik qoidalar

Qisqa, aniq va hamma uchun bir xil — mahalliy aholi ham, mehmonlar ham.

Chiqindini belgilanmagan joyga tashlash

Shu jumladan, sigaret qoldig‘i, saqich va meva po‘chog‘i.

Chiqindi

Chiqindini yoqish

Plastik va qadoqni yoqish zaharli tutun chiqaradi va yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin.

Olov

Avtomobilni qirg‘oq va o‘tloqqa kiritish

Transport faqat belgilangan avtoturargohlarda qoldiriladi.

O‘simlik va hayvonot

Suv havzasida mashina va gilam yuvish

Moy va kimyoviy moddalar suvdagi hayotni yo‘q qiladi.

Suv

Daraxt va butalarni kesish

Gulxan uchun faqat yiqilgan quruq shoxlardan foydalaning.

O‘simlik va hayvonot

Qoyalar va yodgorliklarga yozuv yozish

Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazish uchun alohida javobgarlik belgilangan.

Boshqa

Ruxsatsiz dron uchirish

Qo‘riqlanadigan hududlarda dronlar qushlar uyalarini bezovta qiladi.

Shovqin va xulq

Yovvoyi hayvonlarni boqish, tutish, uya va inlarni buzish

Boqish hayvonlarning tabiiy xulqini buzadi va odamga xavf tug‘diradi. Namunaviy tashrif qoidalari, 29-band; MJtK 90-modda.

O‘simlik va hayvonot

Gul, meva, qo‘ziqorin, rezavor va dorivor o‘simliklarni terish

Muhofaza etiladigan hududlarda taqiqlanadi (Namunaviy qoidalar, 29-band). Qizil kitob o‘simliklari uchun MJtK 81-modda bo‘yicha jarima va har bir o‘simlik uchun zarar qoplanadi.

O‘simlik va hayvonot

Ruxsat etilmagan joyda chodir tikish va olov yoqish

Pechka va gulxan faqat hudud ma’muriyati belgilagan joylarda (Namunaviy qoidalar, 30-band); o‘tin — pullik xizmat. O‘rmonda olov qoidalarini buzish — MJtK 84-modda.

Olov

Belgilanmagan joyda chekish

Quruq o‘t va to‘qayda bitta qoldiq yong‘inga sabab bo‘ladi. Namunaviy tashrif qoidalari, 29-band.

Olov

Qurol, it va ov asboblari bilan kirish

Istisno — qarmoq, agar marshrut ruxsat etilgan baliq ovlash joylaridan o‘tsa. Namunaviy tashrif qoidalari, 29-band.

O‘simlik va hayvonot